PortfolioCONSULTING

Full scholarship nima va u faqat bepul o‘qish emas

To‘liq grant nimalarni qoplashi mumkin, nega raqobat juda katta va unga qanday profil kerak.

Full scholarship degani faqat kontraktni bepul qilish degani emas. Amaliyotda shunday grantlar borki, ular talabaning deyarli barcha xarajatlarini qoplaydi.

To‘liq grant nimalarni qoplashi mumkin

  • O‘qish to‘lovi
  • Oylik stipendiya
  • Tibbiy sug‘urta
  • Ayrim holatlarda aviachipta
  • Hatto viza uchun konsullik to‘lovlari

Portfolio Consulting mijozlari natijalarida ham shunday — o‘qish, stipendiya, sug‘urta, chipta va viza xarajatlarigacha qoplangan grantlar bor.

Nega raqobat juda katta

To‘liq grantlar soni cheklangan, nomzodlar esa butun dunyodan. Shuning uchun «GPA’im yaxshi, grant olaman» degan fikr yetarli emas. Universitetga sizning profilingiz nima uchun kerakligini ko‘rsatish kerak.

To‘liq grant uchun kuchli profil

  1. Akademik natija — GPA va yo‘nalishga mos fanlar
  2. Ingliz tili — IELTS, TOEFL yoki talab qilingan sertifikat
  3. Yutuqlar — olimpiadalar, tanlovlar, sertifikatlar
  4. Extracurricular — volontyorlik, loyihalar, tashkilotlar
  5. Tajriba — magistratura va PhD uchun ish va research
  6. Motivatsiya — nega shu yo‘nalish, shu dastur, keyin nima
  7. To‘g‘ri grant tanlash — har bir grant boshqa nomzodni qidiradi

Xulosa

Full scholarship — strategiya natijasi. Avval profilingiz qaysi grantlar uchun kuchli ekanini aniqlash, keyin hujjatlarni aynan shu grantga moslab tayyorlash kerak.

Profilingiz qaysi universitet va grant uchun kuchli?

Qisqa anketani to‘ldiring — konsultant real imkoniyatlaringizni baholab beradi.

Shu mavzuda

Barcha maqolalar →
TelegramProfilni baholash