
TAS → Stanford · MIT · LSE · UCL
Kuchli universitet.
To‘liq grant.
To‘g‘ri strategiya bilan.
GPA 5.0 va IELTS 7.5 ham kafolat emas. Profilingizdagi eng qimmatli jihatni topamiz va universitet «nega aynan siz?» degan savolga javob oladigan hujjatlar tayyorlaymiz.
TAS
Toshkent
???
—
- Klass
- —
- Uchish
- —
- Tarif
- —
- Til
- —
Mijozlarimiz qabul qilingan universitetlardan ayrimlari
Holistic review
GPA — oltidan biri.
Admission committee butun profilni ko‘radi va bitta savolga javob izlaydi: «Nega aynan shu studentni olishimiz kerak?» Shuning uchun GPA’si pastroq, lekin profili qiziqroq student ko‘pincha yutadi.
GPA
1 / 6
Natijalar
Mijozlarimiz qabul qilingan universitetlar.
Biz uchun maqsad — mashhur nomni tavsiya qilish emas. Avval profilingizni ko‘ramiz, real imkoniyatlarni baholaymiz va shundan keyin individual strategiya tuzamiz.

AQSh
Stanford · MIT · Columbia · Yale

Buyuk Britaniya
LSE · UCL · Imperial
Qaysi holat sizniki?
Har bir studentning yo‘li har xil.

11-sinf yoki bitiruvchi
Universitetlar ro‘yxati, SAT/IELTS rejasi, essay va extracurricular strategiya.
Profilimga mos universitetlar
Magistratura
Programma tanlash, SOP, tavsiyanomalar va research tajribani to‘g‘ri ko‘rsatish.
Magistraturaga reja
To‘liq grant kerak
Profilingiz qaysi scholarship uchun kuchli ekanini aniqlab, hujjatlarni shu grantga moslaymiz.
Grant imkoniyatimni baholashXizmatlar
Profil tahlilidan offergacha.
Bitta mas’ul konsultant student va oila bilan birinchi uchrashuvdan kampusgacha ishlaydi.
- 01
Profil tahlili
GPA, til, tajriba, yutuqlar va moliyaviy imkoniyat — real imkoniyatlarni baholaymiz.
- 02
Davlat va universitetlar ro‘yxati
Reach / target / safe — reyting emas, profilingizga mos variantlar.
- 03
Profilni kuchaytirish rejasi
Qaysi loyiha, faoliyat yoki sertifikat aynan sizning ro‘yxatingiz uchun ishlaydi.
- 04
CV, Motivation Letter, SOP
Har bir dastur uchun alohida — bitta hujjatni hamma joyga yubormaymiz.
- 05
Scholarship strategiyasi
To‘liq va qisman grantlar, deadline’lar va talablar alohida rejalashtiriladi.
- 06
Application va intervyu
Har bir formadagi ma’lumot tekshiriladi, intervyuga tayyorlaymiz.
- 07
Offerdan keyin
Talaba vizasi, hujjatlar va jo‘nab ketishgacha hamrohlik.
Marshrut
Deadline’ni oxirgi oyga qoldirmaymiz.
Bitta xato — butun bir yil. Universitet tanlash, IELTS, CV, Motivation Letter, tavsiyanomalar va grant hujjatlari application’dan ancha oldin boshlanadi.
TAS
Profil analizi
Birinchi konsultatsiya
01
Davlat va dastur
Maqsad va imkoniyatga qarab
02
Deadline xaritasi
Universitet va grant alohida
03
Hujjatlar
CV · SOP · Recommendation
04
Grant strategiyasi
Moliyalashtirish kerak bo‘lsa
05
Application
Har bir forma tekshiriladi
OFFER
Natija
Viza va jo‘nab ketish
Full scholarship
To‘liq grant — bu faqat bepul o‘qish emas.
Mijozlarimiz natijalarida quyidagilarning barchasi qoplangan grantlar bor. Lekin raqobat juda katta — «GPA’im yaxshi» degan fikr yetarli emas.
Grant, scholarship va financial aid farqi →- O‘qish to‘loviQoplanadi
- Oylik stipendiyaQoplanadi
- Tibbiy sug‘urtaQoplanadi
- AviachiptaQoplanadi
- Viza konsullik to‘loviQoplanadi
* Shartlar har bir grantda boshqacha

Ota-onalar uchun
Biz kafolat sotmaymiz. Strategiya beramiz.
Bitta mas’ul konsultant
Kim nima qilayotganini doim bilasiz — savollarga bitta odam javob beradi.
Har bosqich shaffof
Ro‘yxat, deadline’lar va hujjatlar holati oldindan kelishiladi.
Real baholash
Imkoniyat kam bo‘lsa, buni birinchi konsultatsiyada ochiq aytamiz.
Yo‘lni tanlaymiz, brendni emas
Mashhur nom emas — profilingizga mos dastur.
Biz sizga mos emasmiz, agar:
- ✕eng arzon variantni qidirayotgan bo‘lsangiz
- ✕100% qabul kafolatini kutsangiz — buni hech kim halol bera olmaydi
- ✕deadline’gacha bir necha hafta qolgan va hujjatlar boshlanmagan bo‘lsa

64%
AQSh 2024 moliya yilida O‘zbekiston fuqarolarining B-1/B-2 viza arizalarining shuncha qismini rad etgan.
AQSh Davlat departamenti, adjusted refusal rate FY2024
Premium viza
Siz viza olasiz. Oilangizchi?
Ko‘chib o‘tish, oilaviy viza yoki avval rad javobi olgan holatlar uchun alohida yo‘nalish: case’ni to‘liq boshqaramiz, faqat anketa to‘ldirmaymiz.
- 01Oila va farzandlar
- 02Viza ≠ rezidentlik
- 03Rad javobidan keyin
Ko‘p so‘raladigan savollar
Qabul qilinishga kafolat berasizmi?
Yo‘q. Qaror universitet tomonidan qabul qilinadi va buni halol kafolatlay oladigan konsalting yo‘q. Biz imkoniyatni maksimal oshiradigan strategiya va hujjatlar beramiz.
Qachon tayyorgarlikni boshlash kerak?
Ideal holatda — intake’dan 12–18 oy oldin. Shunda universitet tanlash, IELTS/SAT, profilni kuchaytirish va hujjatlar uchun vaqt yetadi. Kechroq bo‘lsa ham, birinchi konsultatsiyada real reja tuzamiz.
GPA’im past bo‘lsa, kuchli universitetga kirish mumkinmi?
Ko‘p holatlarda — ha. Universitetlar holistic review qiladi: tajriba, loyihalar, yutuqlar va motivatsiya ham muhim. Avval profilingizdagi eng kuchli tomonni aniqlaymiz.
Qaysi davlatlar bilan ishlaysiz?
AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Yevropa va Osiyo davlatlari. Davlatni maqsad, byudjet va profilingizga qarab birga tanlaymiz.
To‘liq grant olish real mi?
Real, lekin raqobat juda katta. Har bir grant boshqa nomzodni qidiradi — profilingizga mos grantni tanlash va hujjatlarni shu grantga moslash kerak.
Hujjatlarni o‘zim tayyorlasam bo‘lmaydimi?
Bo‘ladi. Lekin bitta CV va bitta Motivation Letter’ni hamma joyga yuborish — eng ko‘p uchraydigan xato. Biz har bir dastur uchun hujjatni alohida quramiz.
Konsultatsiya qanday o‘tadi?
Anketadan keyin menejer qo‘ng‘iroq qiladi, so‘ng konsultant bilan chuqur konsultatsiya: profil tahlili, real imkoniyatlar va individual taklif.
Viza bo‘yicha ham yordam berasizmi?
Ha. Offerdan keyin talaba vizasi bo‘yicha hamrohlik qilamiz, oilaviy va murakkab holatlar uchun esa alohida Premium viza xizmati bor.
Profilingiz universitet uchun qanchalik kuchli?
2 daqiqalik anketa — va konsultant kuchli hamda rivojlantirish kerak bo‘lgan jihatlaringizni aytadi.