PortfolioCONSULTING

Grantga topshirishda eng katta xato va undan qanday qochish

Birinchi savol «qaysi grantga topshiraman» emas. Grant strategiyasini to‘g‘ri boshlash va ko‘p uchraydigan xatolar.

Grant yutishni xohlaysizmi? Unda birinchi savol «Qaysi grantga topshiraman?» emas. Birinchi savol: «Mening profilim qaysi grant uchun kuchli?»

Nega bu muhim

Har bir scholarship’ning o‘z talabi bor: - bir joyda GPA juda muhim - boshqa joyda liderlik - yana boshqasida research, volontyorlik, ish tajribasi yoki kelajakdagi maqsadingiz

Shuning uchun hamma grantga bir xil CV va bir xil motivatsion xat yuborish — xato.

To‘g‘ri tartib

  1. Profilingizni xolis baholang: kuchli va zaif tomonlar.
  2. Har bir grant nimani qidirayotganini o‘rganing — g‘oliblar profilini ko‘ring.
  3. Profilingizdagi aynan shu talabga mos jihatlarni tanlang.
  4. Hujjatlarni har bir grant uchun alohida quring.

Masalan, GPA’ingiz ideal bo‘lmasligi mumkin. Lekin kuchli research tajribangiz yoki katta natija bergan loyihangiz bo‘lsa, ayrim scholarship’larda bu juda katta ustunlik beradi.

Boshqa ko‘p uchraydigan xatolar

  • Deadline’ni noto‘g‘ri hisoblash — grant muddati universitet muddatidan oldin bo‘lishi mumkin
  • Faqat bitta grantga umid bog‘lash — zaxira variantlarsiz
  • Tavsiyanomani oxirgi haftada so‘rash — o‘qituvchiga vaqt bering
  • Shartlarni o‘qimaslik — qaytib ishlash majburiyati, yosh chegarasi, til talablari

Xulosa

Scholarship strategiyasi «Qayerga topshiramiz?» degan savoldan emas, «Nimani qanday ko‘rsatamiz?» degan savoldan boshlanadi.

Profilingiz qaysi universitet va grant uchun kuchli?

Qisqa anketani to‘ldiring — konsultant real imkoniyatlaringizni baholab beradi.

Shu mavzuda

Barcha maqolalar →
TelegramProfilni baholash