Yaponiyada o‘qish: til maktabi, EJU va MEXT
Yaponiya universitetlariga kirish yo‘llari, ingliz tilidagi dasturlar, EJU imtihoni, til maktablari va grantlar.
Yaponiya — yuqori sifatli ta’lim, texnologiya va xavfsizlik bilan mashhur. Kirish yo‘li tanlangan til va dasturga qarab sezilarli farq qiladi.
Kirish yo‘llari
- Yapon tilidagi bakalavriat — ko‘pincha EJU (Examination for Japanese University Admission for International Students) va yapon tili darajasi talab qilinadi.
- Ingliz tilidagi dasturlar — bir qator kuchli universitetlarda ingliz tilidagi bakalavriat va magistratura bor (ba’zilari «Global 30» tashabbusi bilan boshlangan). Bu yerda IELTS/TOEFL va SAT kabi testlar so‘raladi.
- Til maktabi orqali — 1–2 yil yapon tili, keyin EJU va universitet.
- MEXT granti — elchixona yoki universitet tavsiyasi bilan.
Magistratura va research student
Ko‘p hollarda avval research student sifatida qabul qilinib, keyin magistratura imtihoni topshiriladi. Professor bilan oldindan bog‘lanish va kuchli research reja juda muhim.
Narx va grantlar
Davlat universitetlarida o‘qish narxi nisbatan mo‘tadil. MEXT’dan tashqari JASSO va universitetlarning o‘z grantlari, shuningdek o‘qish to‘lovidan ozod qilish imkoniyatlari bor.
Viza
Talaba yashash maqomi (College Student). Universitet yoki til maktabi orqali Certificate of Eligibility (COE) olinadi, keyin elchixonada viza.
Maslahat
JLPT sertifikati va yapon tili — hatto ingliz tilidagi dasturda ham kundalik hayot va ish uchun hal qiluvchi.
Profilingiz qaysi universitet va grant uchun kuchli?
Qisqa anketani to‘ldiring — konsultant real imkoniyatlaringizni baholab beradi.
Shu mavzuda
Barcha maqolalar →