PortfolioCONSULTING

Chet elga qabul kalendari: deadline’ni noto‘g‘ri hisoblash — eng qimmat xato

Qachon nima qilish kerak: 18 oylik reja, universitet va grant muddatlari farqi, kechikishning narxi.

Chet elga o‘qishga topshirayotganda bitta xato sizga butun bir yilga tushishi mumkin. Bu — deadline’ni noto‘g‘ri hisoblash.

Nega bu xato keng tarqalgan

Ko‘pchilik «hujjat topshirishimga hali vaqt bor» deb o‘ylaydi. Lekin admission faqat ariza yuborishdan iborat emas. Undan oldin: - universitet tanlash - IELTS yoki boshqa imtihonlar - CV - Motivation Letter - Recommendation Letter - scholarship hujjatlari

Deadline yaqinlashganda hammasini shoshilib qilish hujjatlar sifatiga ta’sir qiladi.

Universitet va grant muddati bir xil emas

Ko‘p grantlar (ayniqsa universitet grantlari) qabul muddatidan oldin yopiladi. Hukumat grantlari esa o‘z kalendariga ega.

Taxminiy 18 oylik reja (kuzgi qabul uchun)

  1. 18–12 oy oldin — profil tahlili, davlatlar va yo‘nalish, imtihonlarga tayyorgarlik boshlanishi
  2. 12–9 oy oldin — IELTS/SAT, universitetlar va grantlar ro‘yxati, profilni kuchaytirish
  3. 9–6 oy oldin — esselar, CV, tavsiyanomalar
  4. 6–3 oy oldin — arizalar va grant hujjatlari
  5. 3–0 oy — intervyu, offer, viza, turar joy

Agar vaqt kam bo‘lsa

Kechikkan bo‘lsangiz ham imkoniyat bor: keyingi intake, yozgi yoki bahorgi qabul, kechroq yopiladigan dasturlar. Lekin bunday holatda reja yanada aniq bo‘lishi kerak.

Kelasi intake’ga topshirmoqchi bo‘lsangiz, tayyorgarlikni oxirgi oyga qoldirmang.

Profilingiz qaysi universitet va grant uchun kuchli?

Qisqa anketani to‘ldiring — konsultant real imkoniyatlaringizni baholab beradi.

Shu mavzuda

Barcha maqolalar →
TelegramProfilni baholash