PortfolioCONSULTING

Nega kuchli GPA va IELTS ham qabulni kafolatlamaydi

Holistic review nima, admission committee nimaga qaraydi va profilning eng qimmatli jihatini qanday topish.

GPA’ingiz 5.0, IELTS’ingiz 7.5 bo‘lsa ham, kuchli universitet sizni qabul qilmasligi mumkin. Chunki universitet faqat baholarga qaramaydi.

Holistic review

Kuchli universitetlar holistic review — profilni to‘liq ko‘rib chiqish usulini qo‘llaydi. Admission committee bitta savolga javob izlaydi: «Nega aynan shu studentni olishimiz kerak?»

Baholar va test natijalari — birinchi filtr. Undan keyin: - tajribangiz va qilgan loyihalaringiz - faoliyatingiz va unda qanday rol o‘ynaganingiz - maqsadingiz - hujjatlarda o‘zingizni qanday ko‘rsatganingiz

Nega past GPA’li student yutishi mumkin

Universitet butun kurs qanday shakllanishiga qaraydi. Akademik jihatdan kuchli studentlar yetarli bo‘lishi mumkin, lekin ularga: - boshqa davlatdan kelgan - noodatiy tajribaga ega - kuchli loyiha qilgan - ma’lum sohada o‘zini ko‘rsatgan

student kerak bo‘lishi mumkin.

Muhim savol

«GPA’im qancha?» emas, balki «Universitet uchun mening profilimdagi eng qimmatli jihat nima?»

Mana shu jihatni topib, CV, Motivation Letter, extracurricular va boshqa hujjatlarda to‘g‘ri ko‘rsatish kerak. Aks holda kuchli profilingiz ham oddiy ko‘rinib qolishi mumkin.

Xulosa

Admission’da faqat kuchli ball emas, to‘g‘ri strategiya kerak.

Profilingiz qaysi universitet va grant uchun kuchli?

Qisqa anketani to‘ldiring — konsultant real imkoniyatlaringizni baholab beradi.

Shu mavzuda

Barcha maqolalar →
TelegramProfilni baholash