PortfolioCONSULTING

Bitta CV va motivatsion xatni hamma joyga yuborish — nega xato

Har bir universitet va grant boshqa nomzodni qidiradi. Hujjatlarni dasturga qanday moslashtirish kerak.

Eng katta xatolardan biri — bitta CV va bitta motivatsion xat tayyorlab, hamma universitet va grantlarga yuborish.

Nega bu ishlamaydi

Har bir universitet va har bir scholarship bir xil studentni qidirmaydi: - bir dastur uchun akademik natija muhimroq - boshqasi uchun research - yana boshqasida liderlik, ish tajribasi yoki loyihalaringiz

Agar hamma joyga bir xil hujjat yuborsangiz, profilingizdagi eng kuchli tomon aynan shu dastur uchun to‘g‘ri ochilmay qolishi mumkin.

CV va motivatsion xatning vazifasi

Ular shunchaki «men haqimda ma’lumot» emas. Ularning vazifasi — nega aynan siz shu programma uchun mos ekaningizni ko‘rsatish.

Qanday moslashtirish

  1. Dastur sahifasini o‘qing: maqsad, kurslar, «ideal nomzod» tavsifi.
  2. Grant yoki dastur g‘oliblari profillarini o‘rganing.
  3. CV’da tartibni o‘zgartiring: shu dastur qadrlaydigan bo‘lim yuqorida.
  4. Motivatsion xatning «nega shu dastur» qismini har safar yangidan yozing.
  5. Bir xil tajribani turli dasturlar uchun turli burchakdan yoritish mumkin.

Bu ko‘p vaqt oladimi

Ha. Shuning uchun 20 ta dasturga yuzaki topshirishdan ko‘ra, 8–10 ta to‘g‘ri tanlangan dasturga sifatli topshirish yaxshiroq natija beradi.

Profilingiz qaysi universitet va grant uchun kuchli?

Qisqa anketani to‘ldiring — konsultant real imkoniyatlaringizni baholab beradi.

Shu mavzuda

Barcha maqolalar →
TelegramProfilni baholash