Amerikada o‘qish: O‘zbekistondan AQSh universitetiga kirish yo‘li
AQSh ta’lim tizimi, kirish talablari, narx va moliyaviy yordam, F-1 viza va bitiruvdan keyin ishlash imkoniyati.
AQSh — dunyodagi eng kuchli universitetlar soni bo‘yicha yetakchi va O‘zbekistonlik nomzodlar orasida eng ko‘p so‘raladigan davlat. Lekin u qabul jarayoni eng murakkab davlatlardan biri ham.
Ta’lim tizimi
- Bakalavriat — 4 yil. Birinchi ikki yil keng fanlar, keyin «major» tanlanadi.
- Magistratura — 1–2 yil, ko‘pincha research yoki professional yo‘nalishda
- PhD — 5–6 yil, ko‘pincha to‘liq moliyalashtirilgan
Bakalavriatga kirish uchun
- Maktab baholari (9–11-sinf)
- SAT yoki ACT (ko‘p kuchli universitetlarda yana talab qilinadi)
- IELTS, TOEFL yoki Duolingo
- Common App: personal essay, extracurricular, supplemental esselar
- Tavsiyanomalar
Narx va moliyaviy yordam
To‘liq narx (o‘qish + yashash) ko‘p universitetlarda juda yuqori. Lekin xalqaro talabalarga eng saxiy yordam ham AQShda: need-based aid va merit scholarship. Ro‘yxatni aynan moliyaviy siyosat bo‘yicha tuzish muhim.
Viza
Talaba vizasi — F-1. Universitet I-20 formasini beradi, keyin SEVIS to‘lovi, DS-160 anketasi va elchixonada intervyu.
Bitiruvdan keyin
F-1 talabalari bitiruvdan keyin OPT dasturi bo‘yicha 12 oy ishlashi mumkin. STEM yo‘nalishlarida qo‘shimcha 24 oylik uzaytirish bor.
Kimga mos
Kuchli akademik va extracurricular profilga ega, esse yozishga tayyor va jarayonni kamida 12–18 oy oldin boshlaydigan nomzodlarga.
Profilingiz qaysi universitet va grant uchun kuchli?
Qisqa anketani to‘ldiring — konsultant real imkoniyatlaringizni baholab beradi.
Shu mavzuda
Barcha maqolalar →